SamDPI jurnallari

Maqolaga qo'yiladigan talablar

Mualliflar uchun

“Fan va ta'lim integratsiyasi” ilmiy jurnaliga taqdim etiladigan ilmiy maqolalarga qo'yiladigan asosiy talablar jahon andozalari hamda O'zbekistonda yaqindan beri amal qilayotgan PhD va DSc tadqiqotlari tizimidagi andozalardan kelib chiqadi.

Yo'nalishlar

Muallif (yoki mualliflar) tomonidan taqdim etilayotgan ilmiy maqola mavzusi jurnalning quyidagi yo'nalishlariga mos kelishi shart:

  • Matematika
  • Fizika
  • Informatika va AT
  • Kimyo
  • Biologiya
  • Geografiya
  • Pedagogika
  • Psixologiya
  • Tilshunoslik
  • Adabiyotshunoslik
  • Tarix

Maqola tuzilmasi

Maqola xalqaro andozalar talabi doirasidagi quyidagi aniq bandlarga ega bo'lishi lozim:

  1. Maqola mavzusiTitle
  2. Maqola muallifi to'g'risida ma'lumotAuthor information
  3. Maqola annotatsiyasi — o'zbek, rus va ingliz tillaridaAbstract
  4. Kalit so'zlar — o'zbek, rus va ingliz tillaridaKeywords
  5. KirishIntroduction
  6. Mavzuga oid adabiyotlarning tahliliLiterature review
  7. Tadqiqot metodologiyasiResearch Methodology
  8. Tahlil va natijalarAnalysis and results
  9. Xulosa va takliflarConclusion / Recommendations
  10. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatiReferences

Rasmiylashtirish

Times New Roman · 14 · 1.15

Maqola matni “Times New Roman” shriftida, 14 o'lchamda, lotin alifbosida, qatorlar oralig'i 1.15 intervalda bo'lishi lozim. Sahifaning barcha (o'ng, chap, yuqori va quyi) tomonidan 2 sm masofa qoldiriladi. Maqola hajmi 8 betdan kam va 15 betdan ko'p bo'lmasligi, foydalanilgan adabiyotlar kamida 10–15 manbadan iborat bo'lishi lozim.

Shrift
Times New Roman
Shrift o'lchami
14
Qatorlar oralig'i
1.15
Hoshiyalar — har tomondan
2 sm
Maqola hajmi
8–15 bet
Adabiyotlar soni
10–15+

Jadval, rasm va formulalar

  • Jadval, chizma va rasmlar ketma-ket raqamlanadi.
  • Jadval nomi uning yuqorisida, chizma yoki rasm nomi esa ostida yoziladi; manbasi aniq ko'rsatiladi.
  • Formulalar 14 o'lchamda, MathType 5.0 yoki undan yuqori versiyadagi redaktorda yoziladi.

Maqola tillari

Maqolalar quyidagi tillardan birida taqdim etilishi mumkin:

  • O'zbek (lotin)
  • Русский
  • English

O'zbek harflari

O'zbek tilidagi o‘, g‘, q, h kabi harflar maqola matnida gaplar tarkibida to'liq yozilishi shart.

Aks holda maqola tahririyat tomonidan ko'rib chiqilmaydi.

Antiplagiat

Minimal haqiqiylik

Yuborilgan maqolalarning barchasi “Antiplagiat” tizimida tekshiriladi. Haqiqiyligi 60 foizdan kam bo'lgan maqolalar qabul qilinmaydi.

Maqolani yuborish

Talablarga mos tayyorlangan maqolani jurnal tahririyatining elektron pochtasiga yuboring. Savollar bo'lsa — qo'ng'iroq qiling.